“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda shovotlik o‘qituvchilar
24.03.2023, 12:02

Yangilanayotgan Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda.
Jumladan hujjatning 52-moddasida quyidagi norma mutahkamlanyapti: “O’zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”.
O‘zLiDeP Shovot tuman kengashi xalq ta’limi vakillari bilan muloqotda ana shu yangiliklarni ularga yetkazdi. “O’qituvchi kasbi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lmoqda!” shiori ostidagi ushbu tadbirda so‘z olganlar bot-bot ta’kidlaganidek, jamiyatni inson, insonni esa ta’lim va tarbiya o‘zgartiradi. Millat va xalqning rivoji, uning intellektual salohiyatini oshirish ham aynan ustozga bog‘liq. Shu bois, yuqoridagi norma soha egalariga ramziy ma’noda “millat bunyodkori” maqomini bermoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchining qadri va sha’nini tiklash, ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, samarali mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda. Imtiyozli iste’mol kreditlari, olis hududlarga borib ishlayotganlar uchun ustamalar berilishi shular jumlasidan.
Yuqoridagi norma davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktablar va o‘qituvchilar faoliyatiga asossiz aralashuvi, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishi, ularni mehnatga majburlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga to‘sqinlik qilish, huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rishga xizmat qiladi. Shuningdek, ular mehnatini munosib rag‘batlantirilishini anglatadi.
Tadbirda soha egalari Bosh qomusimizga kiritilayotgan bunday me’yorlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.
Nilufar Bayjanova,
O‘zLiDeP Shovot tuman kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring