Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!
25.03.2023, 11:25

Andijon davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri ana shu shior ostida tashkil etildi.
O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan tadbirda mahalliy kengash deputatlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Partiya viloyat kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova Bosh Qomusimizni takomillashtirish bo‘yicha yangi va juda mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yilganini alohida ta’kidladi.
- Asosiy qonunimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalarning partiyamiz dasturiy maqsad-vazifalariga hamohangligi bizni quvontiradi va shuning barobarida yanada mas’uliyatlar yuklaydi, – dedi notiq so‘zida davom etib. – Xususan, oliy ta’limda akademik erkinlik, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olish, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Siyosiy kuchning boshqa faollari ham so‘zga chiqar ekan, fursatdan foydalanib, joriy yil 30 aprel kuni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barcha ishtirokchilarni o‘zlarining fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda faol ishtirok etishga chaqirdi. Muloqot yakunida yig‘ilganlar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring