Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!

25.03.2023, 11:28

Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on  tuman kengashi va hudud hokimligining o‘zaro hamkorlikdagi tadbiri ayni nom ostida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

- Hujjatda O’zbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomi o‘zgartirilmasligi va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoidaning belgilab qo‘yilgani xalqimizning qat’iy qarorini ifodalaydi, davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlaydi, taraqqiyot yo‘limiz barqarorligini ta’minlaydi, – dedi kengashi raisi Ro‘zimurod Jo‘rayev. – Shuningdek, unga ko‘ra farzandlar ota-onasining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Uchrashuvda so‘z olganlar joriy yil 30 aprel kuni respublikamizda bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida barchani faol ishtirok etishga chaqirdi.

Yazdon TOShONOV,

OzLiDeP Kattaqo‘rg‘on tuman kengashi

 raisining birinchi o‘rinbosari apparat rahbari

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+