Qonun ustuvorligi ta’minlangan yurtda taraqqiyot yuksaladi

25.03.2023, 11:29

Qonun ustuvorligi ta’minlangan yurtda taraqqiyot yuksaladi

Sherobod tumani Madaniyat markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov hududiy kengash deputatlari, umumta’lim maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ijodiy targ‘ibotchilar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar haqida tushunchalar berildi.

Bugungi kunda tayyorlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Ya’ni Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Konstitutsiyamizning birinchi moddasidayoq O’zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda. Xususan, unda har kimning uy-joyli bo‘lish huquqi belgilanmoqda. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o‘z boshpanasiga ega bo‘lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, o‘tgan yili mamlakatimizda 50ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratib berilgan bo‘lsa, bu yil 90 ming oilani uy-joyli qilish marrasi olingan. Yaqin 2-3 yilda esa bu raqamni 200mingga yetkazish ustida ishlanmoqda. Uchrashuvda shular xususida so‘z yuritilar ekan, har bir o‘zgarish har birimizga daxldor ekanligi bois referendumda faol ishtirok etishimiz lozimligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollarga batafsil javob olishdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+