“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda namanganlik talaba yoshlar
25.03.2023, 14:24

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan Muxandislik texnologiya institutining o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tshuntirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Unda Namangan viloyat Kengashi raisi Solijon Mo‘minov, institutning o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganligi, o‘tgan besh yil davomida davlat grantlari hisobidan qabul kvotasi bakalavriatga qariyb 75 foizga, magistraturaga esa 5 barobarga ortganligi, yurtdoshlarimizning inklyuziv ta’lim va bepul boshlang‘ich professional ta’lim olishi kafolatlanayotganligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga uchrashuv tashkilotchilaridan javoblar olishdi va referendumda faol ishtirok etishlarini ta’kidlab o‘tishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring