Taqdirimiz va ertangi kunimizga befarq bo‘lmaylik

25.03.2023, 16:02

Taqdirimiz va ertangi kunimizga befarq bo‘lmaylik

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda “Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida tadbir tashkil etdi.

 “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, universitet professor o‘qituvchilari,  talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqanlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar, davlatning xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga ortganini e’tirof etishdi. Chunki, loyihani ishlab chiqishda aynan “Inson manfaati – har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan.  

Shuningdek, yoshlarga, ayollarga berilayotgan imkoniyatlarga ham to‘xtalishdi. Aholimizning 18 milliondan ortig‘i yoshlar ekani, ushbu ko‘rsatkich 2040 yilga borib, 25 millionga yetishini hisobga olib, Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida bob kiritilayotganini alohida  ta’kidlashdi.

Tadbir so‘ngida barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Bosh qonunga befarq bo‘lmasdan, refrendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    168
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+