Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar oshmoqda
25.03.2023, 16:05

Navoiy viloyati Konimex tumanida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Tulegenova va boshqalar yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganini alohida ta’kidlashdi.
Bosh qomusimizda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanayotgani, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshayotgani qayd etildi.
—Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish va bugungi kun talablariga moslashtirish masalalari ham o‘rin olgan, — deydi quyi palata deputati A.Tulegenova. —Jumladan, Qonunchilik palatasi bilan Senatning birgalikdagi vakolatlari, har bir palataning alohida-alohida vakolatlari va mas’uliyat sohalari aniq belgilab berilmoqda.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga keng tushuntirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring