Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish choralarini ko‘radi
25.03.2023, 16:08

Buxoro shahar hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi mas’ullari, tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyaga kiritilayotan konseptual o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Qayd etilganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlanmoqda.
Mazkur normaning Konstitutsiyada belgilanishi fuqarolarning ish haqlari miqdori shunchaki emas, aynan ularning munosib turmush kechirishini ta’minlashda, pirovard natijada aholi turmush darajasini yaxshilashda va mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ustuvor qadriyatga aylantirishda muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi mustahkamlanmoqda. Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda.
—Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldi olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan batafsil javob berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring