Aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda
25.03.2023, 16:42

Namangan viloyati Davlatobod tuman tibbiyot birlashmasidagi davra suhbatining asosiy mavzusi ham yangilanayotgan Bosh qomusimiz xususida bo‘ldi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sardor G’iyosov, O‘zLiDeP Namangan viloyat kengashi apparat rahbari O. Mahmudov, Davlatobod tuman kengashi apparat rahbari D. Olimova, birlashma shifokorlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
S. G’iyosov yig‘ilganlarga Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va referendum haqida tushunchalar berdi. Hujjatda tibbiyot sohasi va soha egalarining huquqlari yanada musahkamlanayotgani, bu boradagi normalarni batafsil aytib o‘tdi. Aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish, salomatlikini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilayotgani, bu esa onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar bo‘lajak siyosiy jarayonda faol ishtirok etishlarini bildirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring