Jizzaxlik talaba-yoshlar o‘z tengdoshlarini referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
27.03.2023, 13:14

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi va partiya Jizzax shahar Kengashi hamkorligida Jizzax Politexnika institutida “Birgalikda ochiq jamiyat sari!” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari , institut professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, yetuk, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislar Yangi O’zbekistonning gullab yashnashiga munosib hissa qo‘sha oladilar. Aholining keng qatlamlarini oliy ta’lim bilan qamrab olish masalasi Prezidentimiz tomonidan BMT minbarida ham ko‘tarilgan va 2030 yilgacha O’zbekistonda 50 foiz yosh aholi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Shu sababli oliy ta’limni olish huquqi Konstitutsiya darajasigacha oshirilmoqda. Hamma ham kontraktda pul to‘lab o‘qiy olmasligi mumkin. Shu sababli Konstitutsiyada tanlov asosida davlat budjeti hisobidan o‘qish imkoniyati qat’iy mustahkamlanmoqda.
Ochiq muloqot davomida yaqqol ko‘zga tashlangan holat shu bo‘ldiki, talaba yoshlar nafaqat o‘zlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini jiddiy o‘rganishmoqda, balki o‘z tengdoshlarini ham 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumga faol ishtirok etishga chorlashmoqda.
Saida Umaraliyeva,
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasi: Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
29.09.2023, 12:15
-
Prezidentimizning BMT yuksak minbaridan so‘zlagan nutqini yoshlarimiz o‘rganmoqda
29.09.2023, 12:12
-
Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
28.09.2023, 12:02
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
Fikringizni qoldiring