O’qituvchining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini yuksaltirish uchun ovoz beramiz

27.03.2023, 14:26

O’qituvchining  jamiyatdagi ijtimoiy maqomini yuksaltirish uchun ovoz beramiz

Qarshi tumanidagi 55-maktab binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ana shunday deb nomlandi. Xalq ta’limi xodimlari ishtirok etgan tadbirda  xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashi deputatlari Ismigul Xushmurodova, Ibrohim Xalilov va boshqalar so‘zga chiqishib, ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangilanayotgan Konstitutsiyamizda  o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi norma ularning intellektual salohiyatini oshirishda asosiy o‘rin tutuvchi  jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va obro‘sini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

- Bosh qomusimizda insonni rozi qilish, uning qadru qimmatini ulug‘lash alohida e’tibor qaratilganligi, tadbirkorlar  qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyatini yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli ekani kafolatlangan, -dedi O’zLiDeP viloyat kengashi raisning ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ismigul Xushmurodova. - Davlatimiz iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda jamiyatning har bir qatlam manfaatlarini hisobga olishi, har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti yaratishga ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etishi shart degan g‘oya ilgari surilganligi,   davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy, ishga joylashish, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, degan norma kiritilayotganligini e’tirof etmoq lozim.

 Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqan ustoz murabbiylar joylardagi O’zLiDeP deputatlar  va faollari bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni, yangilanishlarni xalqimizga tushuntirish ishlarida faol qatnashishga hamda referendumda yakdillik bilan nurli istiqbolimiz uchun ovoz berishga chaqirdilar. 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+