Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 baravarga oshmoqda

28.03.2023, 12:40

Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 baravarga oshmoqda

Yangilanayotgan Konstitutsiya O’zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadamdir.

Konstitutsiyamizda  ilgari amal qilib kelgan “Davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “Inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni  maqsad qilgan..

Oltiariq tuman hokimligi katta majlislar zalida hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda  xotin-qizlar faollari ishtirokida  30 aprel kuni o‘tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi referendumi hamda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Raxmonaliyev Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalar ekan, mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish  yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlar  qatoriga kirishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.

O’zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilinmoqda. Davlatning ijtimoiy majburiyatlariga oid normalar qariyb uch baravarga ortmoqda. Jumladan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari uy-joy bilan ta’minlanishi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonga munosib yashashini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanishi, fuqarolarning tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqliligi va boshqalar belgilanmoqda.

 

  • Ko'rildi
    525
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+