Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasi Bosh qomusimizda belgilanmoqda
28.03.2023, 12:43

O‘zLiDeP Navoiy shahar rengashi tashabusi bilan “Mikrokreditbank”dagi partiya boshlang‘ich partiya tashkilotida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Kengash apparat rahbari M. Eshniyozov e’tirof etganidek, qonun loyihasida davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanayapti. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanayapti. Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasining Bosh qomusimizda belgilanayotgani partiyamiz a’zolari va elektorati uchun quvonarlidir. Chunki, mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiradi.
Tadbir davomida 107 nafar bank xodimidan tashkil topgan quyi bo‘g‘inning hisobot saylov yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu quyi tashkilot raisi F. Xolmo‘minov so‘zga chiqib o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtaldi. Bir qator ijobiy ishlar amalg oshirilgani, xususan, oilaviy tadbirkorlikni boshlash niyatidagi 35 nafar yoshga kredit ajratilib, ularning bandligi taminlanganini takidladi.
BPTning hisobot saylov davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi hamda F. Xolmo‘minov partiya quyi bo‘g‘ini yetakchiligiga qayta saylandi.
O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring