Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak

28.03.2023, 16:59

Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak

Shu shior ostidagi tadbir  Namangan tumanida joylashgan viloyat Ruhiy asab kasalliklari shifoxonasidagi O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari va xayrixohlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga mo‘ljallangan ushbu davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S. G’iyosov, O‘zLiDeP viloyat kengashi bo‘lim mudirlari E. Jo‘rayev, B. Isoqova va tuman kengashi raisi A. Tursunovishtirok etdi.

  Tadbirni shifoxona bosh shifokori A. Yuldashev kirish so‘zi bilan ochar ekan, konustitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, tibbiyot, ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar hamda bularning barchasi inson qadri uchun ekanligini ta’kidladi.

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi  S. G’iyosovga esa qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paygani, ya’ni Bosh hujjatimiz qariyb 65 foiz yangilanayotganini aytdi. Ayniqsa, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Xalqimiz salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilgan.

Notiqlar tadbir so‘nggida barchani ertangi farovon hayotimiz uchun muhim jarayon bo‘lgan  bo‘lajak referendumda faol bo‘lishga chaqirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+