Mahallalarga aholining kundalik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilmoqda

29.03.2023, 11:28

Mahallalarga aholining kundalik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilmoqda

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samadov so‘z olib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar haqida ma’lumot berdi.

O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ustida qizg‘in ish olib borilgani, loyiha yuzasidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani qayd etildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotgani aytildi.

—Konstitutsiyada mahallalarga aholining kundalik muammolarini hal qilish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolatlari berish, buning uchun tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar yaratish belgilanmoqda, — deydi deputati F.Samadov. — Bularning barchasi, davlat hokimiyatida hisobdorlik, shaffoflik, samarali qaror qabul qilish va uning natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob oldilar.

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+