Demokratik rivojlanish yo‘lida muhim huquqiy poydevor
29.03.2023, 14:21

Boysun tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminar tashkil etdi.
Ta’kidlanganidek, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning siyosiy-huquqiy ahamiyati, ko‘lami va hajmidan kelib chiqib, loyihani yangi tahrirda bayon etishga barcha asoslar borligi bois hujjat “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” deb nomlandi.
Loyiha jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Kiritilayotgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirish, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
O'xshash yangiliklar
-
Eng ezgu maqsadimiz oilalar mustahkamligi va ayollar huquqiy himoyasidir
21.09.2023, 10:24
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
TARIXIY ISLOHOTLAR
18.09.2023, 12:36
-
Deputat nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi
15.09.2023, 13:10
Fikringizni qoldiring