Asosiy Qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi yanada mustahkamlanadi

29.03.2023, 14:22

Asosiy Qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi yanada mustahkamlanadi

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi, Toshkent viloyat Adliya Boshqarmasi, O’zNNTMA Toshkent viloyat hududiy bo‘linmasi, Oqila ayollar harakati ishtirokida o‘tgan tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev nutq so‘zladi.

Viloyatdagi partiya yetakchisi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonamizga mutanosib tarzda yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi xususida so‘z yuritdi.

Uning fikricha, so‘nggi besh yilda yurtimizda Fuqarolik jamiyatini institutlarining o‘rni va maqomini mustahkamlash, jamoatchilik nazorati samaradorligi hamda fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli islohotlar amalga oshirilayotganligini alohida e’tirof etish lozim.

Mamlakatimizda Fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 250 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganiga qaramasdan, mazkur institut konstitutsiyaviy maqomga ega emas edi.  

So‘nggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ish olib borilmoqda, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va o‘rta muddatga qaratilgan istiqbollarini belgilab olish maqsadida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiya ham tasdiqlangan.

Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlari – mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamg‘armalar va boshqa jamoat birlashmalarining o‘rni va maqomini yanada mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

 So‘z olganlar yangilanayotgan Bosh qomus haqida batafsil to‘xtalishdi. Konstitutsiyamizga kiritilayotan konseptual o‘zgartishlarni sharhlab berishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    318
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+