Inson qadri ustun

29.03.2023, 14:23

Inson qadri ustun

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Navoiy mashinasozlik zavodida ham konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi A. Tulegenova, Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi deputatlari  A. Bobomuradova  va   A. Rustamov ishtirok etib, Asosiy qonun loyihasining  mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalishdi.

Yangilanayotgan Bosh qomusimizda barcha sohalarda kiritilayotgan o‘zgartish va yangilanishlarda inson qadri ustunligini misollar bilan tushuntirishdi. Qator moddalariga izoh berildi.

Tadbir kuy-qo‘shiqlarga ulandi, ona Vatan, yurt madhi  haqidagi she’rlar,  navolar eshtirokchilarga  ko‘taringki  kayfiyat baxsh etdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+