Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi
29.03.2023, 14:25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining tashviqot tadbirini Namangan shahrida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil qildi.
Namangan shahridagi "Balans-Teks" hamda “Master klass dizayn” MChJlarda bo‘lib o‘tgan tashviqot tadbirlarida B. Mirzamova korxona ishchi-xodimlariga Bosh qomusimizda tadbirkorlar manffatiga xizmat qiladigan qator normalar aks etayotganligini aytib o‘tdi.
Xususan, qonun loyihasida davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanayapti. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi, tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni mustaqil tanlashi va amalga oshirishga haqli ekanligi kafolatlanayapti. Mol-mulk, uy-joy daxlsizligi masalasining Bosh qomusimizda belgilanayotgani tadbirkorlar uchun quvonarlidir. Chunki, mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantiradi.
So‘zi yakunida barcha fuqarolarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring