Avval – inson, keyin jamiyat va davlat
29.03.2023, 14:26

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan Jizzax Politexnika institutida tashkillashtirilgan tadbir ana shunday deb nomlandi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova referendumni o‘tkazish tartib-qoidalarini tushuntirish bilan birga Konstitutsiyaviy qonun loyihasida o‘z ifodasini topgan yangi modda va normalar xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni nazarda tutadi. Yangilanayotgan Bosh Qomusimiz fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir tashkilotchilari barchani 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chaqirdilar.
Saida Umaraliyeva,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh o‘rganishi: Hazoraspda 359 nafar xotin-qizlar imtiyozli kreditlar olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan
01.12.2023, 15:20
-
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
01.12.2023, 15:14
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
Fikringizni qoldiring