Barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan
29.03.2023, 14:29

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarning navbatdagisi Marg‘ilon shahar hokimligi bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalar markazida tashkil qilindi.
“Yangi imkoniyatlarga ega bo‘lay desangiz, yangilanayotgan Qomusga ovoz bering!” shiori ostidagi ushbu tadbirda hokimlik vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Doniyor G’aniyev, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashi deputatlari O. Axmatshayev, A. Ermatov, pedagoglar va aholi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgani, Bosh qomusimizga kiritiladigan jamiki o‘zgarishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi.
Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida. Chunki xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetmoqda. Xalq fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Shu bilan birga, davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishi mustahkamlanmoqda. Qolaversa, davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etishi hamda rag‘batlantirishi qayd qilinmoqda.
- Bu yangi norma ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarni kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldi olish yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarish bo‘yicha davlat tomonidan tegishli choralar ko‘rilishiga konstitutsiyaviy kafolat sifatida xizmat qiladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G’aniyev.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring