Yangilanayotgan Konstitutsiya – xalqimizning farovon hayotining mustahkam huquqiy asosidir
30.03.2023, 12:05

Bugun xalqimiz muhim siyosiy jarayon arafasida turibdi. Butun mamlakatimizda bo‘lganidek Buxoro viloyatida ham ushbu muhim siyosiy jarayon bilan bog‘liq targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.
Mahalliy Kengash deputatlari bilan bir qatorda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ham joylarda turli sohalar hamda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ular orasida keng tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.
Parlament quyi palatasi deputati Madina Baratova tomonidan Kogon shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuv qatnashchilari-ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxasislari va mahalla faollariga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum yuzasidan tegishli ma’lumotlar berildi.
Deputat Referendumni o‘tkazish tartib-qoidalarini tushuntirish bilan birga Konstitutsiya loyihasida o‘z ifodasini topgan yangi modda va normalar xususida ham batafsil so‘z yuritdi.
Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni nazarda tutadi. Yangilanayotgan Bosh Qomusimiz fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuv davomida ijtimoiy soha xodimlari Konstitutsiyamiz sharofati tufayli yurtimizning ertangi kunidan ko‘ngillari to‘q ekanliklarini, bu muhim hujjat yurtdoshlarimiz farzandlarining sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishlari, xalqimiz farovonligi kafolati ekanligini o‘z so‘zlarida faxr va iftixor bilan tilga olib, joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga yakdillik bilan ovoz berishlarini ma’lum qildilar. Zotan ular bu muhim siyosiy jarayonga befarq emaslar.
Shuningdek, shahardagi sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minoti, g‘azna va moliya muassasalari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Baratova ushbu sohalar bo‘yicha Konstitutsiyaviy Qonun loyihasidagi 46-, 48- va 63-moddalar bo‘yicha ham tegishli tushuntirishlar berdi. Uchrashuvda qatnashgan soha xodimlari uchun aynan shu moddalarda ko‘zda tutilgan normalarga asosan kelgusida ish olib borishi zarurligi uqtirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring