Islohotlar inson qadri uchun

30.03.2023, 12:09

Islohotlar inson qadri uchun

O‘zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti va viloyat qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi o‘zaro hamkorlikda Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xatirchi tumani “Tepaqo‘rg‘on” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan ushbu muloqotda fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ishchi-xodimlar jam bo‘ldi.

Partiya Navoiy viloyati kengashi apparat rahbari M. Eshniyozov Bosh qomusimiz 1992 yilda qabul qilinganidan buyon unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning deyarli barchasi asosan davlat
va jamiyat qurilishi, jumladan Prezident, parlament, hukumat faoliyati, saylov tizimi va boshqalarni qamragan. Yangi tahrirdagi hujjatdagi normalarning yarmidan ko‘pi esa insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Demak, huquq va erkinliklarimiz kafolati bo‘lgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash va bo‘lajak referendumda faol bo‘lish har birimiz uchun ayni muddao bo‘ladi.

Konstitutsiyaviy islohot davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuvni va faoliyat tamoyillarini tubdan o‘zgartirishga, Yangi O’zbekistonda o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “inson-jamiyat-davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilgan. Mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish  yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlar  qatoriga kirishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Konstitutsiyada aholining barcha qatlamlari manfaatlari aks ettirilganligini inobatga olib, har bir O’zbekiston fuqarosi ishonch bilan “Bu mening Konstitutsiyam” deb ayta oladi deyish uchun barcha asoslar mavjud. Konstitutsiyada davlat hokimiyati o‘z faoliyatida qonun bilan cheklanishini, suveren xalq irodasiga bo‘ysunishini, shaxsning huquq
va erkinliklarini ta’minlashini nazarda tutuvchi huquqiy davlatning
barcha belgilari o‘z ifodasini topganligini takidlab o‘tdi.

Tumandagi Galabek mfyda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida ham Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga keng tushuntirildi.

Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga deputat hamda tashviqot guruhi vakillari tomonidan batafsil javob berildi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    184
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+