Kelajaging uchun ovoz ber!

30.03.2023, 12:34

Kelajaging uchun ovoz ber!

Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni yoshlarga yetkazish maqsadida Guliston davlat universitetida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat va Guliston shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil qilingan muloqotda viloyat adliya, Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman vakillari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari, universitet professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.  

“Referendum – 2023. Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostidadagi ayni uchrashuvni universitet professori R. Mahmudov olib bordi. O‘zLiDeP viloyat kengashi apparat rahbari Sh. Bozorboyeva, adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Tog‘ayev va viloyatning Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmani Sh. Alimov ma’ruza qilishdi.

- Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 51-moddasida “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli” degan norma mustahkamlanayotgani kelajakda Yangi O’zbekistonning gullab yashnashiga munosib hissa qo‘sha oladigan, yetuk, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarni kamol toptirishga xizmat qiladi, – dedi O‘zLiDeP faoli, yoshlar yetakchisi Faxriddin Zikriyayev.

Ochiq muloqot davomida yaqqol ko‘zga tashlangan holat shu bo‘ldiki, talaba yoshlar  qonun loyihasining mazmun-mohiyatini jiddiy o‘rganishmoqda, o‘z tengdoshlarini ham 30 aprel kuni bo‘ladigan referendumga faol ishtirok etishga chorlashmoqda.

Husanxon JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+