Yangi qomus o‘qituvchi sharafini oshiradi

Bugun partiyamiz deputalari va faollari aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida yurtimiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib, ularda keng aholi qatlamlari, turli soha vakillariga yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan konseptual o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini ochib berishmoqda.
O’zLiDeP Piskent tuman Kengashi tomonidan 5-IDUMda o‘tkazilgan uchrashuv ham ayni maqsadda tashkil etildi.
Unda partiya Piskent tuman Kengashi, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, 5-IDUM pedagog-o‘qituvchilari jamoasi, mahalliy aholi vakillari hamda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, uning ta’lim rivojiga doir muhim jihatlari xususida ma’lumotlar berdi.
Yangilanayotgan konstitutsiyaning 52-moddasiga ko‘ra, O’zbekistonda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash, boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Ma’lumot uchun, yangi Konstitutsiya loyihasining 50-, 51-, 52-moddalar aynan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limini olishdagi huquqlari, oliy ta’lim olish masalasi hamda pedagoglarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan.
Mazkur qo‘shimchalar, pedagog xodimlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishi, shuningdek, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar berishga xizmat qiladi.
Yig‘ilishda ishtirok etganlar ham referendum arafasidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashisharkan, Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi farovon hayot, yangi inson qadri ulug‘langan jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligini ta’kidlashib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya chinakam ma’nodagi xalq Qomusi etib yaratilayotganini e’tirof etishdi.
Aprel oyining so‘nggi kunida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan umumxalq referendumida munosib ishtirok etib, o‘z fuqarolik burchlarini bajarishlari lozimligini alohida qayd etishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri, jurnalist
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring