O‘zLiDeP: Biz ochiqlik va oshkoralikni tanlaymiz!
31.03.2023, 11:57

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.
Tashviqot tadbirlarining navbatdagisi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan Amudaryo tuman hokimligida tashkil qilindi.
“Biz ochiqlik va oshkoralikni tanlaymiz” shiori ostidagi ushbu tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, senator Bahodir Tojiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga tumandan saylangan deputatlar, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, partiya faollari, o‘qituvchi, fermer va yoshlar ishtirok etdi.
Partiya yetakchisi hamda senator Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berdi. Hujjat yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlovchi mustahkam xuquqiy poydevor – kelajagimizning ishonchli kafolati ekani, uni ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganini bayon etishdi.
Loyiha umumxalq muhokamalariga qo‘yilganidan so‘ng, 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani, ular e’tiborga olingan. Shunga ko‘ra yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasiga aylandi. Shuningdek, Bosh qomusning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tegishli qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqan faxriy o‘qituvchi Tursunboy Abdullayev, 82- maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mohira Yusupova, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Barno Samandarova va boshqalar “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va referendum joriy yilning 30 aprel kuniga belgilangani, ushbu tarixiy hodisaga befarq bo‘lmaslikni aytib, boshqalarni ham ovoz berishga chaqirdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari Vatan, tinchlik haqidagi qo‘shiqlarni ijro etib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro tashabbuslar dunyo e’tibori markazida
21.09.2023, 09:46
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati keng aholi vakillari orasida targ‘ibot qilinmoqda
15.09.2023, 18:46
-
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: xalqimiz orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hayotiy hujjat
13.09.2023, 15:38
Fikringizni qoldiring