Konstitutsiyamiz -huquq va erkinliklarimiz kafolati
31.03.2023, 12:01

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi hamda Muborak tuman kengashi hamkorligida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum tashviqotiga yuzasidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda jamiyat bosh direktori, Oliy Majlis senati a’zosi Shermat Shamsiyev, O’zLiDeP tuman kengashi raisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Panji Jalilov, tuman kengashi deputati Aktam To‘rayev va boshqalar so‘zga chiqishib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar yangilanayotgan Konstitutsiyada aholi uchun qulay mehnat sharoiti yaratish, mehnati uchun adolatli haq to‘lash, dam olish sharoitlarini yaxshilash,, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etdilar.
- Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi, -deydi tuman kengashi deputati Namoz Bahronov. - Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar o‘z mazmun-mohiyati bilan “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring