Yangilanayotgan Konstitutsiya - sha’n va qadr-qimmatimiz himoyachisi

31.03.2023, 12:05

Yangilanayotgan Konstitutsiya - sha’n va qadr-qimmatimiz himoyachisi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida 12 ta mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordachilari va yoshlar yetakchilari, o‘qituvchilar, partiya faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv mavzusi yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, ularning ijtimoiy hayotimizda qanday o‘rin tutishiga bag‘ishlandi.

Deputat o‘zrgartirish kiritilgan moddalar, ulardagi normalar haqida tushuntirib o‘tarkan, xususan, unda davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilayotgani ta’kidlandi. Bu qoidalar esa mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xuddi shunday uchrashuv tumandagi Markaziy poliklinika, tuman hokimligida ham o‘tkazildi. Unda xususan, aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgani, aholi salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar ko‘paytirilayotgani aytib o‘tildi. Bu esa aholi sog‘lig‘ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, joriy yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, unda 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi.

Ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi qoidalar ham yanada takomillashtirildi. Jumladan, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoit yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, zarur axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi mustahkamlandi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    158
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+