Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!

31.03.2023, 12:08

Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!

O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi va Toshkent davlat transport universiteti  o‘zaro hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” shiori ostida talabalar bilan  ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Zohidov, partiya Toshkent shahar kengashi raisi Ravshan Fozilov, partiya faollari, unversitet o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

 Tadbirni partiya Toshkent shahar kengashi raisi Ravshan Fozilov olib borar ekan, so‘zi avvalida bugun barcha sa’y-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilganini e’tirof etdi.  Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa hujjatda yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekaniga yaqqol ishoradir.

Deputatlar ta’kidlaganidek, oliy ta’limda akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Oxirgi olti yilda oliy o‘quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan magistratura uchun 5 baravar ko‘paygan.

Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Muloqot so‘nggida deputatlar  tadbir ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    183
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+