O’qituvchining sha’ni va qadr-qimmati har tomonlama himoyalanadi
31.03.2023, 12:09

“Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda referendum targ‘ibotining navbatdagisi Qo‘qon Texnika universitetida bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi apparat rahbari Halimjon Rahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova va partiya Qo‘qon shahar faxriylar kengashi raisi Avaz Mazaidov ishtirok etdi.
Mavluda Ibragimova yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi. Shu bilan bir qatorda ta’limdagi o‘zgartish va qo‘shimchalarning kelgusida yosh avlod kamoloti va himoyasi borasida batafsil to‘xtaldi.
- Qonun loyihasida davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda, – dedi Mavluda Ibragimova.
O'xshash yangiliklar
-
Endi mahalla boshqaruviga soliqchi va ijtimoiy xizmat xodimi ham qo‘shilib, “mahalla yettiligi” bo‘ladi
27.09.2023, 09:57
-
Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar
26.09.2023, 09:51
-
Eng ezgu maqsadimiz oilalar mustahkamligi va ayollar huquqiy himoyasidir
21.09.2023, 10:24
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
Fikringizni qoldiring