Yangilanayotgan Konstitutsiyada yerni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilanmoqda
31.03.2023, 15:52

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi bir guruh deputat va senatorlar Xorazm viloyatida bo‘lishdi.
Dastavval Urganch tumanidagi “Rajap ota Jumanov” fermer ho‘jaligi shiyponida mahalliy kengash deputatlari, fermer va tomorqa yer egalari, Yuqori ovul mahalla faollari ishtirokida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida fikr almashildi.
Unda so‘z olgan partiya yetakchisi yangilangan Konstitutsiyamizning referendum orqali qabul qilinishini qanchalik ahamiyatli ekani, umumxalq muhokamasi har tomonlama mukammal tashkil etilgani, parlament palatalari yig‘ilishlarida loyiha muhokamalarda ochiq va oshkora o‘tkazilganini alohida ta’kidladi.
Muloqot davomida fermer va tomorqachilar so‘nggi yillarda yurtimizda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinayotgani, aholining qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari kengayayotgani, xalqimiz dasturxoniga sifatli va arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazilib, buning hajmi oshayotganini qayd etib, sohadagi ishlardan mamnunliklarini bildirishdi. Qabul qilinishi kutilayotgan yangilangan Konstitutsiyada ham qishloq xo‘jaligi, yerdan unumli foydalanishga qaratilgan qoidalar aks etganini aytib o‘tishdi.
Ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan holda, konstitutsiyaviy qonun loyihasining yurtimiz tarixida ilk bor referendum orqali qabul qilinayotganini mamnuniyat bilan ma’qullashdi.
O'xshash yangiliklar
-
Jahon hamjamiyati e’tibori yana O’zbekistonga qaratildi
29.05.2023, 12:34
-
O’zbekiston-Singapur hamkorlikni kengaytirish yo‘lida
25.05.2023, 18:51
-
O’zbekiston mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashabbus ko‘rsatmoqda
22.05.2023, 20:33
-
O’zbekiston - Germaniya munosabatlari yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda
05.05.2023, 10:56
-
Tomorqa – xazina manbai
28.04.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring