Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar sir saqlanadi
31.03.2023, 15:53

Shahrixon tuman madaniyat saroyida yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zLiDeP tuman kengashi xodimlari, partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari, o‘qituvchilar, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Odinaxon Otaxonova ishtirokchilarga konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida gapirayotib, jumladan shunday dedi:
- Ilk bor shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi kerakligi ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi berilmoqda.
Har kimning yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilanmoqda. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yilishi mustkamlanmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Qishloq xo‘jaligi asosiy drayver sohalardan biriga aylandi
05.06.2023, 17:29
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
Fikringizni qoldiring