Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda

01.04.2023, 14:28

Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida “Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusida referendum tashviqotiga bag‘ishlangan uchrashuv va o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari,  O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuvga so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Jumayev yangi Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi, umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Masalan, 2 million 200 ming ehtiyojmand oilalar davlatdan moddiy yordam olishini kafolatlaydi. Bu jami oilalarning 25 foiziga to‘g‘ri keladi, ularga har yili 11 trillion so‘m ajratiladi.

N.Jumayev tomonidan aniq misollar bilan o‘tgan yili 50 ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratilgani, bu yil 90 ming, yaqin 2-3 yilda esa, 200 ming oilani uy-joyli qilish rejalashtirilganligi, shu bois, har bir fuqaroning uy-joyli bo‘lish huquqi va uy-joy qurilishi davlat tomonidan rag‘batlantirilishining Konstitutsiyada mustahkamlangani ushbu marralarga erishish uchun mustahkam zamin hozirlashini qayd etdilar. Ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati E.Zaxidov esa Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilayotganligini ta’kidladi. Oxirgi olti yilda oliygohlar soni 77 tadan 210 taga, ularga qabul esa, 5 baravarga ortib, talabalar soni 1 millionga, oliy ta’lim qamrovi – 9 foizdan 38 foizga oshdi. Davlat grantlari soni ham 2 baravar ko‘payib, 40 mingtaga yetdi, shundan, magistratura uchun – 5 baravar ko‘payganligiga urg‘u qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida yoshlarga Referendum tashviqotini joylarda yuqori saviyada tashkil etishga chorlab qolishdi.

  • Ko'rildi
    746
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+