Saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi

03.04.2023, 16:11

Saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi  A. To‘legenova, Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashii deputati M. Eshniyozov Navoiy konchilik va texnologiyalar universitida “Yangi Konstitutsiyaga daxldorman!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.

Ta’kidlanganidek, konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbarlik qilish amaliyoti tugatilib, kengashlarga hokimdan mustaqil bo‘lgan alohida kengash raisi rahbarlik qilishi belgilanmoqda. Ya’ni endilikda viloyat va tuman (shahar)da
xalq saylagan deputatlar hokim faoliyatini bevosita va xolisona nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

- Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartishga muvofiq, endilikda qonunlarimizda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi, – deputat Aqshagul Tulegenova. – Faqatgina sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sud qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Ya’ni yuqorida sanab o‘tilgan shaxslar, ularning saylash huquqi sudning qarori bilan cheklangan bo‘lsagina ular saylovda ishtirok eta olishmaydi, boshqa har qanday vaqtda ular ham saylash huquqiga ega bo‘ladi.

Yangilanayotgan Bosh qomusimizda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar va o‘z navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga oshmoqda. Chunki, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda “inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan.

Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, ko‘y-qo‘shiqlar sadolari ostida o‘tdi.

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    306
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+