Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi

03.04.2023, 16:21

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi

Tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Qibray tumanidagi Milliy Gvardiyaga qarashli 65921-habiy qismda bo‘lib, unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova va mahalliy kengash deputatlari ishtirok etishdi.

Targ‘ibot uchrashuvida so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova Konstitutsiya ham mazmunan, ham shaklan mutlaqo yangi Konstitutsiya bo‘layotganligi xususida fikr yuritdi.

Uning fikricha, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning aksariyat normalari prinsipial jihatdan yangilanmoqda, birgina inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar qariyb ikki barobarga ortmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiyada 50 foizdan ortiq o‘zgarishlar inson huquqlari bilan bog‘liq.

Shunga ko‘ra, bugun 65 foizga yangilanayotgan bosh Qomusimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi, deya e’lon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshmoqda.

Jumladan, inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, davlat organlari faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab qilinmoqda, bu hol mansabdor shaxslarning faqat fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi eng avvalo, insonga xizmat qiladi!

Deputat shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiya qabul qilingach, uning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi bo‘yicha aniq mexanizmlar ham ishlab chiqilgani masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Davlat taraqqiyotning keyingi bosqichiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsa, yangi konstitutsiyaviy makonga ega bo‘lishi lozimligi borasida so‘zlarkan, barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, refrendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Shuningdek, tadbirda deputatlar tomonidan referendum o‘tkazish yoki Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi parlament qarorining Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi, xulosasining olinishi ham nazariy, ham ilmiy nuqtai nazardan ilg‘or xorijiy tajribaga mos kelishi aniq misollar asosida tahlil qilib berildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+