Yangi Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda

03.04.2023, 16:23

 Yangi Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova G’allaorol tumani, Xonimqo‘rg‘on MFYda joylashgan  66 – umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Mahalliy Kengash deputatlari,  mahalla faollari va keng jamaotchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Yangi Konstitutsiyamizga kiritilgan moddalar, referendum o‘tkazish qoidalari haqida so‘z yuritildi.

Xususan, Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanayotgani, umuman, davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshayotgani alohida ta’kidlandi.

Xalq noibi bu borada to‘xtalib,  o‘tgan yili 50 ming oila uchun yangi kvartiralar olishga sharoit yaratilgani, bu yil 90 ming, yaqin 2-3 yilda esa, 200 ming oilani uy-joyli qilish rejalashtirilganligi, shu bois, har bir fuqaroning uy-joyli bo‘lish huquqi va uy-joy qurilishi davlat tomonidan rag‘batlantirilishining Konstitutsiyamizda mustahkamlanayotganligi ushbu marralarga erishish uchun mustahkam zamin hozirlashini qayd etdi.

Katta ko‘tarinkilik va bayramona ruhda o‘tgan tadbirda xonimqo‘rg‘onliklar 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan refrendumda Yangi Konstitutsiya qonun loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlab ovoz berishlarini bildirdilar.

Jamshid Mamarasulov,

O`zLiDeP G’allorol tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    319
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+