O’zLiDeP faollari: O’zbekiston – bag‘rikeng diyor

03.04.2023, 16:27

O’zLiDeP faollari: O’zbekiston – bag‘rikeng diyor

Ma’lumki,  Konstitutsiyamizga kiritilayotgan har bir o‘zgarish xalqimiz manfaatlariga to‘la mos keladi. Unda ko‘zda tutilayotgan me’yorlar ko‘p millatli xalqimizning tinch-totuv hamjihatlikda yashab, farovon hayot kechirishlariga asos bo‘lishi bilan yanada ahamiyatlidir.

O‘zLiDeP Xorazm viloyati kengashi tashabbusi bilan Urganch tumani G’oybu qishlog‘idagi Turkmanlar mahallasida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyaviy islohot – mamlakatni yangilash sharti” mavzuidagi tashviqot tadbirida ana shu haqda bot-bot so‘zlandi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, senator B. Tajiyev, partiya viloyat kengashi raisi I. Fayzullayev, mahalliy kengash deputatlari va faollar mahalla ahli bilan dildan suhbatlashishdi.  

G’oybuda turkman yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ular o‘z ona tilida ta’lim olishi, urf-odat va an’anlarini rivojlantirishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Yangilanayotgan bosh qomusimizda ham millarlararo totuvlik munosabatlarini yaxshilash, turli millat va elat vakillarining teng huquqli ekanligi  belgilangan.  

Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari islohotlar natijasi o‘loroq o‘tgan qisqa davrda jamiyatimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy jihatdan butunlay o‘zgarganini ta’kidlashdi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, insonga e’tibor, qadrini oshirish, har bir shaxsning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Yangilanayotgan Asosiy qonunimizda mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimiz va  xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat yaratilishiga urg‘u berishdi.

Tadbir viloyatning ko‘zga ko‘ringan san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlardan iborat katta konsert dasturiga ulanib ketdi. Barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    198
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+