Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tadbirkorlarga tushuntirildi

04.04.2023, 11:42

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tadbirkorlarga tushuntirildi

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xorazm viloyatidagi uchrashuvlari davomida Urganch tumanidagi “Fayz Baraka”  MChJ da bo‘ldi.

Partiya yetakchisi mazkur korxonaning ishchi xodimlariga Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirib, klasterlar, fermerlar uchun yaratib berilayotan imkoniyat va imtiyozlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyada qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligi belgilab qo‘yilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi, yerdan foydalanish sohasida katta islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etayotgani, qishloq xo‘jaligi yerlari faqatgina ijaraga berilishi va xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga o‘sib borayotgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo‘lib qolishi qonunlarimizda mustahkamlangani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerni qonunga muvofiq xususiylashtirish mumkinligining Konstitutsiyada belgilanishi – tadbirkorlarimiz uzoq kutgan tarixiy adolatni yuzaga chiqaradi.

Partiya vakillari MChJ  tarkibidagi issiqxona, limanariyadagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mazkur issiqxona asosan limonchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, limon ko‘chatlari ostini bo‘sh qoldirmay pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham ekilmoqda. Korxona yiliga 190 tonna mahsulot eksport qiladi. Bu yerda mahalladagi ishsiz yoshlar va ayollar bandligi ta’minlangan. 

Partiya rahbari issiqxona faoliyati bilan tanishar ekan korxona rahbariga tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklif va maslahatlarini berdi.

  • Ko'rildi
    148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+