Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi

05.04.2023, 14:15

Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi

O’zLiDeP Navoiy shahar Kengashi tashabbusi bilan Navoiy yoshlar texnoparkida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi tashviqotiga bag‘ishlangan “Jamiyatda yoshlarning siyosiy, huquqiy o‘rni Konstitutsiya bilan kafolatlanadi!”  shiori ostida kasb-hunar o‘rganayotgan faol yoshlar bilan muloqot tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi raisi M.Eshniyozov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi O’zbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar aholining yashash sharoitlari  yanada yuksaltirishga, inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilishini takidlab o‘tdi.

 “Yangi Qomusimizda oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Davlat yoshlarda qadriyatlarimizga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.

Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda”,- deydi Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Navoiy yoshlar texnoparki rahbari A.Abdiganiyev

Muloqot yakunida tashkilotchilar yoshlarni referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

  O‘zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    350
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+