O‘zLiDeP: Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!

05.04.2023, 14:28

O‘zLiDeP: Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!

Shu kunlarda  barcha viloyatlarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli davra suhbatlari, uchrashuvlar, event tadbirlari tashkil qilinmoqda.

“Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Jomboy tumanda tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Ilhom Botirov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, partiya faollari, o‘qituvchi, tadbirkor, fermerlar va  yoshlar  ishtirok etdi.

Tadbirda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berdi. Hujjat yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlovchi mustahkam xuquqiy poydevor – kelajagimizning ishonchli kafolati ekani, uni ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganini bayon etishdi.

Loyiha umumxalq muhokamalariga qo‘yilganidan so‘ng jami 222 715 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, ular asosida loyiha takomillashtirib, maromiga yetkazilgan, xususan, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgan.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlash jarayonida 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlatlar konstitutsiyalari puxta tahlil etilgan, xalqaro ekspert va mutaxassislar tomonidan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan barcha qoidalarini o‘zida mujassam etgan hujjat sifatida yuqori baholangan.

Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalari 275 tadan 434 taga oshgan, ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilangan, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga ko‘paygani loyihani yangi tahrirdagi Konstitutsiya sifatida qabul qilishligini anglatadi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan tuman Faxriylar Kengashi a’zosi, faxriy deputat Gulnora Axmedova  va boshqalar “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq referendumida ovozga qo‘yilishi va referendum joriy yilning 30 aprel kuniga belgilangani, ushbu tarixiy hodisaga befarq bo‘lmaslikni aytib, boshqalarni ham ovoz berishga chaqirdi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari Vatan, tinchlik haqidagi qo‘shiqlarni ijro etib, ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    263
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+