Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52

Qarshi shahridagi “Turon” universitetida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan referendum targ‘iboti yuzasidan “Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi” mavzuida tadbir tashkil etildi.
Anjumanda universitet rektori Lutfulla Yoziyev, o‘qituvchi Gulnoza Rajabova va boshqalar so‘zga chiqishib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar o‘z mazmun-mohiyati bilan “Inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilganini alohida ta’kidladilar.
Uchrashuv so‘ngida tadbir ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Xususiy universitetning talaba-yoshlariga muhim strategik hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
28.09.2023, 12:02
-
“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
25.09.2023, 17:01
-
Yoshlar masalasi yana bir bor yuksak minbardan yangradi
25.09.2023, 16:33
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
-
Samarqandlik talabalarga “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati tushuntirildi
22.09.2023, 15:16
Fikringizni qoldiring