O‘zLiDeP: erkimiz va ertamizning kafolati uchun ovoz beramiz!

06.04.2023, 14:28

O‘zLiDeP: erkimiz va ertamizning kafolati uchun ovoz beramiz!

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholiga sodda, aniq va to‘g‘ri tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbatlari, uchrashuvlar, event-tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Partiya faollari  ishtirokidagi tadbirlarning navbatdagisi vodiy viloyatlarida qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.

O‘zLiDeP Namangan viloyat hamda Chortoq tuman rengashlari tashabbusi bilan  tadbirkorlar, fermerlar, xotin-kizlar va yoshlar ishtirokida event tadbiri tashkil etildi.

Ochiq osmon ostida o‘tgan tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Zafar Xudayberdiyev, Barno Mirzamova, Sardor G’iyosov, viloyat kengashi raisi Solixon Mo‘minov, apparat rahbari Orifjon Mahmudov  ishtirok etdi.

- Asosiy elektoratimiz bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar va mulkdorlarimizga shuni quvonch bilan aytishim mumkinki, yangilanayotgan Bosh qomusimizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda, – dedi partiya yetakchisi o‘z so‘zida. – Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda.

Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlanishi mustahkamlanmoqda. Mazkur norma investorlarning ishonchini mustahkamlashga, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.

E’tibor bering! Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyamizga mazkur qoidaning kiritilishi erkin bozor iqtisodiyotining eng muhim talabini o‘zida ifoda etib, “qonunda taqiqlanmagan har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” degan tamoyilga asoslanadi.

O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanmoqda.

Boshqa notiqlar ham jamiki o‘zgarishlar negizida yurtimizda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganini alohida ta’kidlashdi.

Ayniqsa, tadbir so‘ngida partiya lideri Aktam Xaitovning “Mol-mulk daxlsizligining yuksak darajada kafolatlanishi ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni ham rag‘batlantiradi, shu bois, uni hech ikkilanmasdan yangilanayotgan Konstitutsiyani xalq Konstitutsiyasi deyish mumkin” degan so‘zlarini barcha qarsaklar bilan olqishladi.

«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki», “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi uchun ovoz beramiz!”, degan chaqiriqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

  • Ko'rildi
    140
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+