Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir

06.04.2023, 16:43

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir

Forish tumanida "Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat" deb nomlangan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari – Bozorgul To‘rayeva, Nodira Karimova, Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Munisa Xolmatova, mahalliy Kengash deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan deputatlar so‘nggi olti-etti yilda ro‘y bergan va har bir mahalla, har bir xonadonga kirib borgan ijobiy o‘zgarishlar misolida respublikamizda inson davlat organlariga emas, balki davlat organlari insonga xizmat qilishi lozim, degan g‘oyaning aholi hayotida chuqur o‘rin olayotgani haqida so‘z yuritdilar.

-  “Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart, - deydi xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Nodira Karimova. -  Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti  a’zosi Munisa Xolmatova esa forishlik yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda Yangilanayotgan Konstitutsiyamizni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishga chaqirar ekan, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yosh siyosatchi o‘z chiqishida “Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir”, - deb ta’kidladi.

Ommaviy tadbirda forishlik turli kasb egalari ham so‘zga chiqib, barchani 30 aperl kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdilar.

Tadbir so‘ngida poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlarning konsert dasturi tadbirga o‘zgacha bayramona ruh  bag‘ishladi.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    371
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+