Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mahalla faollariga tushuntirildi

06.04.2023, 16:45

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mahalla faollariga  tushuntirildi

Boysun tumanidagi 1-kasb-hunar maktabida “Yangi Konstitutsiya bilan, Yangi O’zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov, xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyati hamda deputatlari, shuningdek, mahalladagi faollar, yoshlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida so‘z borar ekan, avvalambor, unda ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirilayotgani, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yish maqsad qilingani ta’kidlandi. Chindan ham inson, uning hayoti, or-nomusi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari har narsadan ustundir.

Xususan, Asosiy hujjatda aybsizlik prezumpsiyasiga yanada aniqlik kiritilayotgani, amaldagi 26-moddada shaxsning ishi sudda ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilangan bo‘lsa, endilikda (28-moddada) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi mustahkamlanayotgani buning yaqqol misoli bo‘ladi.

Tadbirda ishtirokchilar 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Xuddi shunday tadbir hududdagi 8-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+