Tomorqa – yuqori daromad manbai, deyishmoqda qo‘shtepalik ishbilarmonlar

30.03.2018, 16:38

Tomorqa –  yuqori daromad manbai,  deyishmoqda qo‘shtepalik ishbilarmonlar

Qo‘shtepa tumani “Langar” MFYda yashovchi Axadjon Maxmudov va Axrorjon Karimovlar o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ishbilarmonlardan. Aytish joiz, O‘zLiDeP ko‘magida o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkorlar qisqa vaqt ichida o‘z tomorqasidan mo‘may daromad olishga ham ulgurdi.  

–Yaxshi mehnat qilinsa, tomor­qadan samarali foydalansa bo‘ladi, –  deydi A.Maxmudov. –Chunki, bizning iqlim sharoitimiz yil davomida dehqonchilik qilish imkonini beradi. Shu bois 4 sotix tomorqamizga issiqxona tashkil etib, 4 nafar oila a’zolarimizni bandligi ta’minlaganmiz. Hozirgi kunda pomidor va qalampir ko‘chatlari hosilga kirish arafasida.

–Tumanimizda o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, yaxshi daromad olayotgan tadbirkorlar ko‘p, – deydi Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi J.Xalilov. – Kimdir daraxt ekib, bog‘ barpo etgan bo‘lsa, boshqalari dehqonchilik bilan shug‘ullanishadi. Albatta, ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va sohaga oid bilim va malakasini oshirishda partiyamiz faollari yaqindan ko‘mak bermoqda. Bunda ayniqsa, partiyaning “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi o‘z samarasini berayotganini alohida ta’kidlash joiz. Chunki loyiha doirasi  davomida malakali mutaxassislar tomonidan ko‘chatlarni parvarishlash, sug‘orish va boshqa olib boriladigan agrotexnik tadbirlar haqida kengroq tushunchalar berilyapti.  

Ha, bugun tumanda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, tomorqadan unumli foydalanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yuksak samara berayapti. E’tiborlisi, o‘z tomorqasida issiqxona bunyod etayotgan yurtdoshlarimiz safi kun sayin kengayotir.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

AN 07-012018-04-24 10:34:57

Партия ёрдамида амалий ишларни кўпайтиришимиз керак.Хонодонларга кириб экилмаган ерларга сабзавот экинларини экишига ёрдам беришимиз керак


Маргилон Нон МЧЖ БПТ2018-04-20 16:14:39

Марғилон шаҳрида хам туманга яқин жойларида шу каби амалий ишлар ташкил қилиб келинмоқда. бу масала бўйича туман кенгаши билан тажриба алмашиб иш олиб боришга эришилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+