Yangilanayotgan Konstitutsiya: Tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi

07.04.2023, 16:11

Yangilanayotgan Konstitutsiya: Tovarlar va xizmatlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi

Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

Ushbu norma iqtisodiy islohotlar jarayonidagi o‘zgarishlarni mamlakatimiz bosh qonunida aks ettirishda inson manfaatlarini ta’minlash masalasi birlamchi o‘rinda ekanligidan dalolat beradi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov boshchiligida Andijon shahridagi “Samoinurakfa LTD” ma’suliyati cheklangan jamiyati ishchi-xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda shu va shu kabi yangiliklar batafsil aytildi.

Partiya yetakchisi ishtirokchilarga Konstitutsiya loyihasida davlatning bozor munosabatlarini rivojlantirish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyatlari belgilanayotgani, shuningdek, bank omonatlari, bank amaliyotlari hamda  hisobvaraqlar ham sir tutilishi kafolatlanayotganligi ham aytib o‘tdi.

Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Muloqot so‘nggida deputatlar ishtirokchilarni xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz berishga chaqirdi.

  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+