Yangi Konstitutsiya xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!

07.04.2023, 16:43

Yangi Konstitutsiya xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi”da “Yangi Konstitutsiya xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Xolida Alimova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Negmatova,  partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi rahbari Saida Umaraliyeva,  partiya faollari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan Senator va deputatlar tibbiyot xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonun loyihasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida  atroflicha tushuntirish berib o‘tdilar.

Ta’kidlanganidek, Qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish, dam olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini olish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi huquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

“Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar barcha tibbiyot xodimlarini  30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol qatnashishga chorladilar.

Zayniddin Eshqulov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    175
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+