Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalq manfaatlariga to‘liq xizmat qiladi

10.04.2023, 12:14

Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalq manfaatlariga to‘liq xizmat qiladi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilgari amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirilmoqda. Unda jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingan. Inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar bir necha karraga ortmoqda, o‘z navbatida davlatning ham xalq oldidagi majburiyati bir necha baravarga oshmoqda. Chunki, Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda “inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan. Shu bois Bosh Qomusimizni tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘lmoqda, desak xato bo‘lmaydi. 

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi tashviqot tadbirida ayni shu jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov, tuman Kengashi deputatlari B.Kenjayev, M.Toshmurodovalar so‘z olib, o‘zgarayotgan moddalarni sharhlab berdi. Ular bizga qanday huquq va imkoniyatlar berishini tushuntirib o‘tdi.

Tadbirda tuman xalq ta’limi xodimlari, o‘qituvchilar, “Haitobod” va  “Qoraqursoq” mahallalarining hotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Ular o‘tkazilayotgan referendumni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, uning mamlakatimiz izchil rivojlanishida tarixiy ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi. 

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    254
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+