Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda

11.04.2023, 13:17

Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda

Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr Agentligining Beshariq tuman bo‘limida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuxrat Sharofiddinov ishtirok etib, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, Konstitutsiya loyihasida tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli ekanliklari kafolatlanmoqda. Konstitutsiyada ilk marotaba yer xususiy mulk bo‘lishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasi mulkdori  yerni sotish, hadya qilish, ayirboshlash, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish kabi huquqlarni qo‘lga kiritadi. Eng muhimi, bunday yerni davlat faqat mulkdorni roziligi bilan, shartnoma asosida, bozor narxida jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishi mumkin. Bir so‘z bilan ayganda, yer “snos”ga tushib ketmaydi, davlat yerni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer begonalashtirilishi mumkin.

Deputat ishtirokidagi tadbir Beshariq tumanidagi "LuxYanTex" tekstil ishlab chiqarish korxonasida davom etdi.

Ta’kidlandiki, Konstitutsiya loyihasida davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanitirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.

Bundan tashqari, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti.  Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

  • Ko'rildi
    471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+