Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda

12.04.2023, 15:05

Yangilanayotgan Konstitutsiya – mening taqdirimda

Ushbu shior ostidagi uchrashuv Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida  deputat va yoshlar  ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Andijon tuman kengashi deputati N. Malikov yangi Konstitutsiyada ta’lim tizimini tubdan yaxshilash va nodavlat ta’lim tizimi rivojlanishi uchun sharoit yaratishga e’tibor qaratilayotgani xususida gapirdi.

Darhaqiqat konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra, davlat:

uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlantirilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilayotgani e’tirof etildi.

 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    316
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+